Asqat Sales Agent

Doʻkoningiz uchun onlayn qarz daftari

Mijozlar qarzi va toʻlovlarini yozing — balans avtomatik hisoblanadi. Har bir oʻzgarishda mijoz doʻkoningizning Telegram botidan balansi bilan xabar oladi.

  • Har doʻkonga alohida bot
  • Parolsiz kirish
  • Excelga eksport

Qanday ishlaydi

Uch qadamda ishga tushadi

  1. Doʻkon ulanadi

    Doʻkoningiz tizimga ulanadi va mijozlar uchun oʻzining Telegram botiga ega boʻladi.

  2. Mijozlar botga kiradi

    Mijoz botda /start bosadi va telefon raqamini ulashadi.

  3. Siz yozasiz — mijoz xabar oladi

    Qarz yoki toʻlovni panelda yozasiz, mijozga esa balansi bilan Telegram xabari avtomatik boradi.

Imkoniyatlar

Nasiya savdo uchun kerakli hamma narsa

Qogʻoz daftar oʻrniga — barcha yozuvlar bir joyda, mijoz esa hisobidagi har bir oʻzgarishdan xabardor.

  • Qarz daftari

    Har bir mijoz uchun qarz va toʻlovlarni yozing — balans avtomatik hisoblanadi.

  • Telegram xabarnomalar

    Qarz, toʻlov, savdo yoki bekor qilishda mijozga balansi bilan xabar avtomatik yuboriladi.

  • Mijozni oson qoʻshish

    Telefon raqami bilan — mijoz botga kirmasdan oldin ham. Raqam Telegramda boʻlmasa, tizim ogohlantiradi. „Start bosganlar“ roʻyxatidan ham qoʻshish mumkin.

  • Katalog va savdo

    Mahsulotlar katalogi va savdo qatorlari — doʻkoningizning oʻz oʻlchov birliklari bilan.

  • Bir nechta admin

    Doʻkonda bir nechta admin ishlaydi. Bosh admin — doʻkon egasi — adminlarni qoʻshadi va olib tashlaydi.

  • Excelga eksport

    Mijozlar roʻyxati va tanlangan davrdagi amallar — savdo qatorlari bilan birga.

Xavfsizlik

  • Parolsiz kirish. Panelga admin Telegram botiga yuboriladigan bir martalik kod bilan kirasiz.
  • Ajratilgan maʼlumotlar. Har bir doʻkon maʼlumotlari boshqa doʻkonlarnikidan toʻliq ajratilgan.
  • Shifrlangan tokenlar. Doʻkon botlarining tokenlari shifrlangan holda saqlanadi.

Kim uchun

Nasiyaga sotadigan doʻkonlar uchun

Mijozlariga nasiyaga savdo qiladigan doʻkonlar va kichik bizneslar uchun moʻljallangan. Xizmat obuna asosida ishlaydi.

  • Doimiy mijozlariga nasiyaga sotadigan doʻkonlar
  • Qarzlarni daftarda yuritib kelgan kichik bizneslar
  • Bir nechta xodim hisob yuritadigan savdo nuqtalari

Savollar

Koʻp beriladigan savollar

Mijoz botga kirmagan boʻlsa-chi?

Mijozni telefon raqami bilan oldindan qoʻshishingiz mumkin. Raqam Telegramda boʻlmasa, tizim ogohlantiradi. Mijoz botda /start bosib, raqamini ulashgach, hisobidagi oʻzgarishlar haqida xabar oladi.

Maʼlumotlar xavfsizmi?

Panelga parol bilan emas, admin Telegram botiga yuboriladigan bir martalik kod bilan kiriladi. Har bir doʻkon maʼlumotlari boshqa doʻkonlarnikidan toʻliq ajratilgan, bot tokenlari esa shifrlangan holda saqlanadi.

Excelga yuklab olsa boʻladimi?

Ha. Mijozlar roʻyxatini, shuningdek tanlangan davrdagi amallarni savdo qatorlari bilan birga Excel faylga yuklab olish mumkin.

Bir nechta xodim ishlay oladimi?

Ha. Doʻkonda bir nechta admin boʻlishi mumkin: bosh admin (doʻkon egasi) adminlarni qoʻshadi va olib tashlaydi.

Doʻkoningizni ulash

Asqat obuna asosida ishlaydi. Ulanganingizdan soʻng doʻkoningiz mijozlar uchun oʻz Telegram botiga ega boʻladi.

Panelga kirish

Ulanish uchun biz bilan bogʻlaning